Venoz yetishmovchilikda venalaringiz qonni oyoqlaringizdan yurakka qaytarib yuborishda qiynaladi.
Oyoq venalari doimo tortishish kuchiga qarshi turishi, qonni yurakka qaytarishi kerak!
Buning uchun bir nechta mexanizmlarning o'zaro benuqson o'zaro ta'siri talab qilinadi:
Ushbu tizimdagi buzilishlar venoz klapan yetishmovchiligi tufayli yuzaki venalarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Venoz klapanlar qon oqimining orqaga qaytishini oldini olish uchun to'g'ri yopila olmaydi, natijada venalaringizda qon miqdori doimiy ravishda ko'payib boradi. Natijada, venoz oqim va mikrotsirkulyatsiya yanada yomonlashadi.
Agar klapanlar ishlamasa, qon noto'g'ri yo'nalishda oqadi: pastga, yuklamasi oshib ketgan oyoqqa. Natijada venoz dimlanish yuzaga keladi. Ushbu kasallik yuzaki venalarning yetishmovchiligi deb ataladi va kuchayib boruvchi ko’rinishga ega.
Shish, og'irlik, qichishish, og'riq va oyoq mushaklarining tungi tirishishlari - bular oyoqlarda qon oqimining buzilishini ko'rsatadigan ba’zi simptomlardir.
Yuqorida tavsiflangan vaziyatda klapanlarning elastikligini yo'qolishi va ularning funksiyasini buzishilish xavfi mavjud. Vaqt o'tishi bilan bu venalarning varikoz kengayishiga olib kelishi mumkin. "Venalarning varikoz kengayishi" atamasi oyoqlar terisidan turtib chiqqan, kengaygan, shishgan venalarni ta'riflash uchun ishlatiladi. Biroq, bundan ham katta xavf -trombozdir. Venoz tromboz venada tromb hosil bo'lishi tufayli yuzaga keladi va venoz obstruksiyaga olib kelishi mumkin.
Tomirlarimiz bizni har kuni qanday qo'llab-quvvatlashi, qanday ishlashini va tonusini qanday yo'qotishini hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® venalarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.