Quyidagi savollar / javoblar orasida sizni qiziqtirgan ma'lumotni topishga harakat qiling; har qanday holatda, qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, mutaxassis bilan maslahatlashish va preparat yo’riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.
Siz tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomani bu yerdan yuklab olishingiz mumkin
Ma'lumki, ushbu davrda venalar bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi yoki kuchayishi mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida Lioton 1000® geldan foydalanish to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Agar siz homilador bo'lsangiz yoki emizikli bo'lsangiz, homiladorlikka shubhangiz bo’lsa yoki homiladorlikni rajalashtirayotgan bo’lsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Lioton 1000® teriga mahalliy qo'llaniladi. Butun tanaga ta'sir qiladigan nojo'ya ta'sirlar xavfi juda past. Ushbu dori vositasini qo'llashdan oldin, Lioton 1000® preparatining yo’riqnomasini diqqat bilan to’liq o'qib chiqing. Agar sizda geparin yoki preparatning har qanday boshqa qo’shimcha moddasiga allergiyangiz bo'lsa, Lioton 1000® preparatini qo’llab bo’lmaydi.
Oyoqlardagi shish venoz kasallikning birinchi belgilaridan bo’lib, hatto venalarning varikoz kengayishi va boshqa ko'rinadigan belgilardan oldin paydo bo'lishi mumkin. Oyoqlarda sanchish hissi, spazmlar va qichishish yuzaki venalar kasalligining boshlanishi yoki venoz zaiflik mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Agar, kun davomida nima qilganingizdan qat'iy nazar, har kuni kechqurun oyoqlaringiz shishganini sezsangiz yoki uzoq safardan keyin to'piqlaringiz shishgan bo'lsa, venalaringiz zaiflashgani ehtimoli bo’lishi mumkin va harakat qilish vaqti kelganini ko’rsatadi.
Mutaxassis bilan maslahatlashing!
Yuzaki venalarning venoz yetishmovchiligini rivojlanishi oyoqlardagi og'irlik, shish va og’riq kabi simptomtlar bilan signal beradi. Shish, oyoqlarda to’planib qolgan qon venalar va atrofdagi to'qimalarda g'ayritabiiy yuqori bosimni keltirib chiqarishi sabablirivojlanadi, bu mikrotsirkulyatsiya va limfadrenajni buzadi. Qon oqimini saqlab turish uchun mushaklar kuchaytirilishi kerak. Kompression paypoqlarni kiyish - bu sinalgan choradir. Qancha tezroq chora ko'rsangiz, shuncha yaxshi bo'ladi.
Lioton 1000® preparatidan foydalanish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, mutaxassisga murojaat qiling.
Ba'zi odamlarda venalarning varikoz kengayishiga nasliy moyilligi bo'lishi mumkinligi sababli, hatto yoshlar (asosan ayollar) ham oyoqlar shishishi va og'rig’idan a'ziyat chekishadi. Odatda ushbu kasallik vaqt o'tishi bilan kuchayadi. Kasallikning o’tkazib yuborilgan bosqichlarida venalar bo’yicha mutaxassis (flebolog) bilan chuqur tibbiy ko'rikdan so'ng davolash usullarini (masalan, operatsiya) muhokama qilishingiz mumkin.
Lioton 1000® o'zining tarkibi tufayli darhol muzlash hissini beradi va yengillik va erkinlikni his qilishga yordam beradi. Tarkibidagi geparin mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga, og'riq, shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi, bu esa oyoqlarda taranglik va noqulaylikni kamayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, agar siz kundalik hayotingizda ko'p tik tursangiz yoki o'tirsangiz, kompression paypoqlar kiyish tavsiya etiladi. Ushbu paypoqlar sizning mushaklaringiz va venalaringiz qonni yurakka qaytarishiga yordam beradi.
Ha, Lioton 1000® preparati shikastlanish va cho’zilish natijasida kelib chiqqan bo'g'im va mushak jarohatlaridagi shishni bartaraf etish uchun qo’llanilishi mumkin. Tarkibidagi geparin mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga, og'riqni, shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi, shuningdek suv-spirlti gel tarkibi darhol muzlash hissini ta'minlaydi.
Agar sizda ochiq yaralar bo'lsa, davolanishi kerak bo’lgan sohada terining shikastlanishi yoki infeksiyasi bo’lsa: Lioton 1000® gelni shikastangan terida qo’llamaslik kerak.