Lioton 1000® gel teriga mahalliy surtiladi va ma'lum bo’lgan tizimli ta'sirlarisiz surtilgan sohada ta’sir qiladi. Nojo`ya ta'sirlarning xavfi juda past va juda yaxshi ko’tara olinadi. Lioton 1000® gel mahalliy davolash ko'rsatilganda alohida yoki tizimli terapiya bilan birgalikda qo'llaniladi.
E`tibor bering: Lioton 1000® gelning biror bir qo'shimcha moddasiga allergiyangiz bo'lsa, uni qo’llamaslik kerak.
Agar sizda geparin yoki boshqa biror bir qo'shimcha moddaga allergiya bo'lsa, Lioton 1000® gelni qo’llamang. Lioton® preparatini bolalarga ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar hali ham cheklanganligi sababli, uni bolalarda qo’llmaslikni tavsiya etamiz.
Lioton 1000® gelni qon ketayotgan yoki ochiq yaralar, shilliq pardalar yoki yinfeksiyalangan sohalarga surtish mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo’llanilganda, shifokor bilan maslahatlashing, chunki Lioton 1000® gelidan bu davrda foydalanish haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.
Venalarimiz bizni har kuni qanday qilib qo'llab-quvvatlashi, ishlashi va tonusini yo'qotishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® venalarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.