Geparin tabiiy birikma bo'lib, qon ivish tizimiga ta'sir qilishi bilan mashhur. Geparin antikoagulyant, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi xususiyatlariga ega.
Lioton 1000® gelining asosiy tarkibiy qismi bo'lgan geparin bir necha yo'l orqali ta'sir qiladi. Yallig'lanish mediatorlariga ta'sir qilib, bezovtalanish va og'riq kabi simptomlarni yengillashtirishi mumkin. Bundan tashqari, geparin yallig'langan venalardan suyuqlik sizib chiqishini minimallashtirishga yordam beradi, natijada shish paydo bo'lishi kamayadi. Geparin shuningdek qon ivishini pasaytiradi va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Geparinning yallig'lanish, suyuqlik sizib chiqishi va qon ivishiga ta'sir etishi Lioton 1000® gelga yuzaki venalar kasalliklarining simptomlarini yengillashtirishga imkon beradi.
Lioton 1000® qanday ta`sir qilishini tushunish uchun videoni tomosha qiling
Lioton 1000® bir gramm gelda 1000 XB geparin saqlaydi. Ushbu yuqori konsentratsiya gel formulasi bilan birgalikda faol modda bo’lgan geparinni teriga ko'proq darajada kirib borishiga yordam beradi va uni surtmalarga nisbatan samaraliroq qiladi.
Tomirlarimiz bizni har kuni qanday qo'llab-quvvatlashi, qanday ishlashini va tonusini qanday yo'qotishini hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® tomirlarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.