Venoz yetishmovchilikda jismoniy mashqlar va kompression terapiya yordam beradi. Tarkibida geparin bo’lgan gelni qo'llash shuningdek oyoqlarda shish va og'riqni yengillashtirishi mumkin.
Turli xil davolash usullari mavjud: konservativ choralar va skleroterapiya, jarrohlik amaliyoti va endovenoz davolash kabi invaziv usullar.
Venalarda o’tkazilgan operatsiyalardan keyin Lioton 1000® tavsiya etiladi. Lioton 1000® gel preparatini qo’llash bemorlarga shish va operatsiyadan keyingi gematomadan xalos bo'lishga yordam beradi.
Venalarning varikoz kengayishi chaqirgan noqulaylikni oyoqlarini ko'tarish va / yoki elastik kompression paypoqlarni kiyish orqali kamaytirish mumkin.
Skleroterapiya - bu tomirlar yulduzchalari va o'rta kattalikdagi venalarni davolashning keng tarqalgan usuli. Venaga ingichka igna bilan ta'sirlovchi eritma yuboriladi. Bu chandiqlar qoldiradigan reaksiyaga olib keladi va o'zgargan tomir yopiladi, natijada bu venalar faoliyati to'xtaydi va yo'q bo'lib ketadi.
Bitish jarayonini tezlashtirish va iloji boricha silliq kechishi uchun skleroterapiyadan so'ng, barcha boshqa jarrohlik usullaridan keyin kabi, kompression paypoqlar kiyish kerak. Skleroterapiya ultratovush tekshiruvi ostida amalga oshirilishi mumkin.
Venalarlarni olib tashlash: Venalarning varikoz kengayishini jarrohlik yo'li bilan egiluvchan zond yordamida olib tashlash vena tomirlarini olib tashlash deb ataladi. Zararlangan tomirlarni "tortib olish" odatiy aralashuv bo'lib, og'irlik darajasiga qarab, ambulator yoki statsionar sharoitda va bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Varikoz venaning pastidan kesiladi, birinchi kesishdan oldin vena orqali egiluvchan zond kiritiladi va vena ushlanib, olib tashlanadi.
Ambulator flebotomiya: yuzaki varikoz vena teridagi mayda kesmalar orqali ushlanib, mahalliy anesteziya ostida olib tashlanadi.
Lazer bilan davolash: lazer terapiyasi hozirgi vaqtda venoz kasalliklarni davolashda muhim bosqich hisoblanadi. Bu yuzaki venalarning varikoz kengayishini jarrohlik yo'li bilan olib tashlashga minimal invaziv muqobil usul hisoblanadi. Mahalliy anesteziya ostida teri osti venasiga lazerli qurilma (svetovod) kiritiladi. Zaralangan tomir lazer nurlari bilan qizdirilladi. Harorat ta'sirida vena devorlari bir-biriga yopishadi va tomir "yopiladi".
Radiochastotali ablyatsiya xuddi shu tarzda ishlaydi, lekin lazer nurlanishi o'rniga radiochastota nurlanishidan foydalanadi.
Yaralar bilan kechuvchi yuzaki venalarning kasalliklari eng og'ir bosqich hisoblanadi. Ushbu holat bemorlarning nogironligiga olib keladi. Shunday qilib, yuzaki venalarning o’tkazib yuborilgan kasalliklari uchun terapevtik maqsadlar:
Og'riq va shishni davolash usullari oyoqlarni yurak darajasidan yuqoriga ko'tarish, kompression paypoq yoki bintlardan foydalanish va venoz qaytishni saqlab turish uchun mashqlarni bajarishni o'z ichiga oladi.
Yuzaki venalarning uzoq davom etuvchi va og’ir kechuvchi yetishmovchiligi to'piq sohasidagi og'riqli yaralarga va hayot sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shishlarni nazorat qilish va venoz qon oqimini yaxshilash teri yaralarini oldini olish va bitishining asosiy omilidir. Ko'p holatlarda, boldirda qon aylanishi yaxshilanganidan so'ng, yaralarni bitishi boshlanadi.
Venalarimiz bizni har kuni qanday qilib qo'llab-quvvatlashi, ishlashi va tonusini yo'qotishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® venalarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.