Lioton 1000® gel qanday yordam berishi mumkin?

Yuzaki venalar kasalliklarining simptomlarini davolashda

Lioton 1000® gel quyidagi holatlarda qo’llaniladi:

  • Yuzaki venalar kasalliklarini davolash (masalan, venalarning varikoz kengayishi va uning asoratlari: zararlangan venalarda tromblar hosil bo`lishi (devorining yallig'lanishli bilan yoki usiz); venalar atrofidagi to'qimalarning yallig'lanishi va varikoz kengaygan venalar sohasi ustidagi terida rivojlanuvchi yaralar),
  • Jarrohlik amaliyotidan so'ng zararlangan vena devorining yallig'lanishini davolash,
  • Venalarda o’tkazilgan  jarrohlik amaliyotidan so'ng simptomlarni yengillashtirish (ko'karish va shish kabi),
  • Jarohatlar va yallig`lanish tufayli yuzaga kelgan bo'g'imlar va mushaklarning shishishi va ko'karishini bartaraf etish.

Lioton® preparatini mahalliy davolash ko'rsatilganda mustaqil ravishda yoki tizimli terapiya bilan birgalikda qo’llash mumkin. Prepareatni doimo shifokor yoki farmatsevt tavsiyasiga binoan qo'llang. Agar shubhangiz bo'lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling

O`sib borayotgan hayot maromi va atrof-muhit ehtiyojlari bizni kun bo'yi oyoqda yurishga majbur qiladi. Va yuzaki venalar kasalliklarida bu narsalar oyoqlarda shish va og`irlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Lioton 1000® gel, yuzaki venalar kasalliklarining quyidagi kabi simptomlarini samarali ravishda kamaytiradi:

  • Oyoqlarda og`irlik
  • Oyoqlarda og`riq
  • Oyoqlar qizarishi va shishishi.

Gelning optimal tarkibi oyoqlaringizdagi og`riqli nuqtaga salqinlanish hissini beradi

Og`irlik hissi, varikoz kengayishi va qizarish bo`lgan oyoq

Oyoqlaringizda tez-tez og'irlik paydo bo'ladimi? Bu venalarda ortiqcha yuklama borligini belgisidir – u hatto yoshlarda ham paydo bo'lishi mumkin. Yuzaki venalar kasalliklarida  quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:

  • Shish va og`irlik hissi 
  • Tomirlar yulduzchalari
  • Asosan kunning ikkinchi yarmida rivojlanuvchi oyoqlar va to’piq shishishi yoki suv to`planishi
  • Oyoqlarda og'riq va taranglik, ayniqsa uzoq vaqt turish / o'tirish yoki issiq ta'siridan keyin, masalan, hammom yoki issiq ob-havoda
  • Qichishish va spazmlar

Sizda yuzaki venalar kasalliklarining simptomlari bo'lishi mumkin! Shifokor bilan maslahatlashing!

Ushbu preparatni doimo shifokor yoki farmatsevt tavsiyalariga binoan qo'llang. Agar shubhangiz bo'lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Sog'lom turmush tarzi va Lioton 1000® geldan muntazam foydalanish venalarning varikoz kengayishi simptomlarini kamaytirishga yordam beradi va siz ishonchli tarzda oyoqda turishingiz va faol hayot tarzingizni davom ettirishingiz mumkin.

Venalarning yallig`lanishi

Siz venalarning varikoz kengayishi va uning asoratlaridan aziyat chekyapsizmi?
Shifokor bilan maslahatlashing!

Lioton 1000® gel odatda yuzaki venalarning kasalliklari bilan bog'liq simptomlarni yengillashtirish uchun qo’llaniladi:

  • Tromboflebit - o'tkir tromboz va yuzaki venalarning yallig'lanishi
  • Periflebit - vena atrofidagi to'qimalarda yallig'lanish jarayoni
  • Varikoflebit - varikoz venaning yallig'lanishi
  • Flebotromboz - chuqur venaning tromb bilan to'liq yoki qisman yopilib qolishi bilan ifodalanadi.

Teri osti gematomalarini davolash

Teri osti gematomasi - bu ko'karish yoki lat yeyish. Buning sababi jarohat yoki teri osti yuzaki qon tomirlarining shikastlanishi hisoblanadi. Antikoagulyantlar qabul qiladigan bemorlar teri osti gematomalariga ko'proq moyil bo’ladilar.

qizil va binafsha ko'karishlar shaklidagi yaqindan olingan gematoma.

Teri osti gematomasini davolash kerak. Davolash nafaqat og'riqni yengillashtiradi, balki qon tomirlar qisqarib, to'qimalarga qon kelishi kamayadi, natijada ko'karishlar tarqalishining oldi olinadi. Shuningdek, zararlangan to'qimalarga qon kelishini kamaytirish uchun zararlangan sohani balandlikda ushlab turish tavsiya etiladi.

Simptomlarni kamaytirish uchun Lioton 1000® gelni zararlangan joyga ehtiyotkorlik bilan surtishingiz mumkin.

Gel shaklidagi faol modda geparin teriga kirib boradi. Bu yerda geparin uch tomonlama ta'siri tufayli to’plangan qonni erishiga yordam beradi (antikoagulyant, yallig'lanishga qarshi va antiekssudativ ta'sir mexanizmlari).

Venalarning varikoz kengayishi tufayli o’tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyin

Venalarning varikoz kengayishini jarrohlik yo'li bilan davolash asosan tomirlarni olib tashlash va flebektomiyadan iborat; kamroq invaziv variantlarga skleroterapiya (tomirlar yulduzchalari uchun) yoki endovenoz lazer bilan davolash kiradi.

Lioton 1000® antikoagulyant, yallig'lanishga qarshi va antiekssudativ xususiyatlari tufayli venalarda o’tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi simptomlarni yengillashtiradi. 

Oyoq mushaklarining tungi tirishishlari

Oyoq mushaklaridagi tungi tirishishlar venalarning varikoz kengayishi simptomi bo'lishi mumkin. Yuzaki venalarning kasalliklari, ayniqsa tunda yuzaga keluvchi oyoq  mushaklarining tirishishini keltirib chiqarishi mumkin. Oyoq mushaklarining tirishishi og'riq, noqulaylik va bezovtalikka olib keladii.

Lioton 1000® gel bilan davolash oyoq mushaklarining tungi tirishishlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Lioton 1000® GEL yuzaki venalarning kasalliklarida qanday ta’sir qiladi

Venalarimiz bizni har kuni qanday qilib qo'llab-quvvatlashi, ishlashi va tonusini yo'qotishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® venalarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.