Mashinada, poyezda yoki samolyotda uzoq safar vaqtida sizning oyoqlaringiz uchun harakatlar cheklangan sharoitda uzoq vaqt davomida qolish zararli. Bu venoz qon oqimi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu holat qancha uzoq davom etsa, oyoqlarda venoz tromboz xavfi shunchalik yuqori bo'ladi.
Bunga ayniqsa tomirlar yulduzchalari, venalarning varikoz kengayishi bilan to’qnash kelgan yoki uzoq vaqt turish yoki o'tirishdan keyin oyoqlarida og'irlik borligiga muntazam ravishda shikoyat qiladigan odamlar moyil bo’ladilar. Agar oyoqlaringizda tez-tez og'riq yoki shish paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qiling. Lioton 1000® gel yuzaki venalarning kasalliklari simptomlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Faol modda bo’lgan geparin qon ivishini pasaytiradi va shu bilan qon aylanishini yaxshilaydi.
Uzoq masofalarga sayohat qilish tromboz xavfini oshirishi mumkin.
Tromboz, venalarda tomirlarni to'silib qolishiga olib keluvchi tromblar hosil bo’lganda yuz beradi. Bu asosan oyoq venalarida uchraydi. Venalar orqali qon oyoqlaringizdan yuragingizga qaytadi. Bu mushak nasosi yordamida sodir bo'ladi: u bizning harakatlarimiz vaqtida mushaklarni tarang qiladi va bo'shashtiradi.
Keng kiyim, ko'p suyuqlik ichish va jismoniy mashqlar sizga yordam berishi mumkin.
Agar biz yetarlicha harakatsiz o'tirsak yoki yotsak, bizning mushak nasosimiz yetarli darajada ishlamaydi. Natijada, venalarimizdagi qon yurakka ancha sekin qaytadi va tromboz xavfini oshirishi mumkin. Bunga jismoniy mashqlar bilan qarshi kurashishimiz mumkin.
Uzoq sayohat vaqtida tromb hosil bo'lishi xavfi quyidagi omillar tufayli ortadi:
Venalar kasalliklari bilan aziyat chekuvchi sayohar qilayotgan odamlar uchun kompression paypoqlardan foydalanish eng yaxshi profilaktika hisoblanadi. Paypoq bilan ta'minlangan kompressiya oyoqlarda qon aylanishiga yordam beradi. Venalar ichidagi bosimga qarshilik qilib, qonni yurakka qaytib borishiga yordam beradi.
Oyoqlarda og'irlikni eng samarali davolash vositasi. Muntazam jismoniy mashqlar yoki poyezda yoki samolyotda qisqa yurishlar tromboz xavfini minimallashtiradi.
Hatto o'tirganingizda oyoqlar chigalini yozib yoki tovonlarda aylanma harakat qilib, oyoqlardagi og’irlik bilan kurashishingiz va qon oqimini yahshilshingiz mumkin. Hatto bir necha daqiqadan keyin umumiy ahvol sezirarli ravishda yaxshilanadi.
Sayohatlarda oddiy profilaktika. Suyuqlikni muntazam iste'mol qilish qonning yopishqoqligini kamaytiradi. Spirtli ichimliklardan saqlaning, chunki u suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Qulaylik bilan sayohat qiling. Tor va siquvchi shim va poyafzallardan saqlaning, chunki ular oyoqlardagi qon oqimiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Venalarimiz bizni har kuni qanday qilib qo'llab-quvvatlashi, ishlashi va tonusini yo'qotishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ushbu video sizga bu haqida ma'lumot beradi va Lioton 1000® venalarga qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi.